Bugun Amerikadan Ukrainaga o`q-dorilarning yana bir partiyasi etkazildi. Bu haqda AQSh'ning Kievdagi elchixonasi ma`lum qildi.
"Bugun tongda ikki samolyot Ukraina mudofaasini kuchaytirish uchun Amerikaning tezkor joylashtirish yordami bilan Kievga etib keldi. 200 millionlik yordamning bu qismi o`q-dorilar va granatamyot o`qlaridir", deya xabar bergan elchixona.
Qayd etilishicha, Ukrainaga jami 15 ta harbiy yuk ortilgan samolyot etib kelgan.
"O`n besh reys. Prezident Bayden tomonidan Ukraina qurolli kuchlari uchun yana 90 tonna nayza, o`q-dorilar va mudofaa yordami etkazildi",-deya ma`lum qiladi Amerikaning Kievdagi elchixonasi.
Ma`lumot uchun, Kievga 45 ta reys orqali harbiy yordam etkazilishi va`da qilingan. AQSh elchixonasi ayni damda ularning barini Ukraina armiyasiga yordam deb atamoqda.
Eslatib o`tamiz, G`arb aviakompaniyalarining Ukrainaga reyslari ommaviy ravishda bekor qilindi. Shuningdek, Amerika va Evropa diplomatlari Kievni tark etmoqda.
Rossiya o`z navbatida, Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko`rilayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Biroq Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy aholidan vahimaga berilmaslikni so`ramoqda.
Dilbar Abdunabieva






