14 fevralga o`tar kechasi Qoraqalpog`iston shimoli Orolbo`yi hududlarida kuchli shamollar esishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar va ma`ruzalar kanali muallif Abdulahatov xabar bermoqda.
Doktorantga ko`ra, shamolning maksimal tezligi soniyasiga 28 metrni tashkil etishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, avvalroq 13-17 fevral kunlari O`zbekistonda chang to`zon va kuchli yog`ingarchilik bo`lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
"O`zgidromet" O`zbekiston hududiga G`arbiy Qozog`iston orqali Janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilayotganidan ogohlantirgandi.






