Bugun kunduz kuni respublika hududiga G`arbiy Qozog`iston orqali janubiy Ural hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
"O`zgidromet" xabariga ko`ra, O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to`zon kuzatiladi, ayrim punktlarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.
Poytaxtda ham vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq bo`ladi.






