Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun viloyat hokimi rahbarligida o`tkazilgan yig`ilishda faoliyatidagi kamchiliklar, tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlariga e`tiborsiz qaragani uchun Muborak tumani hokimi Akrom Oripovga "hayfsan" berilgan.
Eslatib o`tamiz, ayni paytda Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov viloyatda korrupsiyaga qarshi keskin kurash boshlagan. Avvalroq, Mirishkor tumani hokimi o`rinbosari U.Yaxshiev tadbirkordan er ajratib berish evaziga 80 ming AQSh dollari pora talab qilib, shundan 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan edi. Mazkur ishni U.Yaxshiev tanishi Muborak tuman IIB boshlig`i X.Baxriev bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlangan.






