1

Endi kollej va texnikum o`quvchilari uchun ham stipendiya joriy etilishi mumkin

Jamiyat 14.02.2022, 11:08
Endi kollej va texnikum o`quvchilari uchun ham stipendiya joriy etilishi mumkin

Professional ta`lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan islohotlarni jadallashtirish va kasbiy ko`nikmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilindi.

Loyihaga ko`ra, dual ta`lim shaklini joriy qilgan professional ta`lim muassasalariga ichki imkoniyatidan kelib chiqib o`quvchilar uchun stipendiya yoki moddiy rag`batlantirishlar joriy etish vakolati beriladi.

Buning uchun muassasa o`zining tegishli bo`ysinuvdagi vazirlik yoki idora bilan kelishishi lozim bo`ladi.

 Mablag`larni ta`lim muassasalarining o`zi quyidagilar hisobiga mustaqil shakllantirishi mumkin bo`ladi:

- bo`sh bo`lgan o`quv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalarini o`quv kurslari tashkil etish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish uchun 5 yilgacha bo`lgan muddatga ijaraga berish;  

- muassasaning o`quv-amaliyoti jarayonida ishlab chiqarilgan  mahsulotlarini (xizmatlarni) namoyish qilish va sotish.

Professional ta`lim muassasalariga o`z ta`sischiligidagi ma`suliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etish huquqi beriladi.

Stipendiya ajratish tartibini Moliya vazirligi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2022 yil 1 avgustga qadar ishlab chiqishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1