AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`tgan yil qancha turar-joy foydalanishga topshirildi?

'O`zbekistonda o`tgan yil qancha turar-joy foydalanishga topshirildi?'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil davomida respublika bo`yicha jami 64,5 mingta yoki 13,6 mln. kv.m turar-joy foydalanishga topshirilgan.

Turar-joylarning asosiy qismi, ya`ni 95,1 % ni uy xo`jaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.

Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar ulushi 1,9 % ni, qolgan 3 % turar-joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan bunyod etilgan turar-joylarning 70,7 % i hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar-joylarning 87,4 % i qishloq joylarda qurilgan.

    Boshqa yangiliklar