AsosiyJamiyat

Prezident mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmog`ini rivojlantirish strategiyasini kiritishni topshirdi

'Prezident mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmog`ini rivojlantirish strategiyasini kiritishni topshirdi'ning rasmi

Prezident  huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish davom etmoqda.

“Yana bir masala – jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli o`rin egallamoqda.

Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak”, dedi Prezident yig`ilishda, deb xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati.

Mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmog`ini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirildi. Bunda:

-  elektromobillar uchun butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturini;

-  elektromobillar uchun texnik talab va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish vazifasi qo`yildi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralarni yakunlab, strategik hamkor bilan loyihani boshlash yuzasidan ko`rsatma berildi.

    Boshqa yangiliklar