1

Toshkentda er sotmoqchi bo`lgan firibgarlar qo`lga olindi

Jamiyat 15.02.2022, 01:20
Toshkentda er sotmoqchi bo`lgan firibgarlar qo`lga olindi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi

Ma`lum bo`lishicha,  DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.T. va boshqalar o`zaro til biriktirib, “A.G.” bog`dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi 4 sotix er maydonini fuqaro X.ning nomiga tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 17 600 AQSh dollarini olib, qalbaki bayonnomani bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, ushbu shirkat raisi Z.E. fuqaro X.ni go`yoki shirkat a`zoligiga qabul qilinganligi hamda 4 sotix er maydonini uning nomiga o`tkazilganligi haqida shirkat bayonnomasini qalbakilashtirib berganligi evaziga 500 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

👉 t.me/Department_uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1