1

O`zbek futboli og`ir judolikka uchradi

Jamiyat 15.02.2022, 08:07
O`zbek futboli og`ir judolikka uchradi

Bugun erta tongda o`zbek futboli og`ir judolikka uchradi. Pedagogika fanlari doktori, professor Rustam Akramov 73 yoshida olamdan ko`z yumdi. O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi bu haqda xabar bermoqda.

Ma`lumotga ko`ra, Rustam Akramovich Akramov 1948 yil 11 avgust kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. U  faoliyati davomida o`zbek futboli rivoji uchun ulkan hissa qo`shgan mutaxassis hisoblanadi. 1990-1992 yillar orasida Jazoirning USM klubi va milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan.

"Rustam Akramov Mustaqillikka erishganimizdan so`ng futbol bo`yicha Milliy terma jamoamizni boshqargan birinchi murabbiy hisoblanadi. 1992-1994 yillar terma jamoamiz u kishi bilan Markaziy Osiyo chempionati va 1994 yil Xirosimada o`tgan Osiyo o`yinlarida g`alaba qozongan",-deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, u, shuningdek, 1995-1997 yillar Hindiston terma jamoasini boshqaradi. Ushbu davlatdagi 2 yillik faoliyati davomida asosiy terma jamoa bilan bir qatorda bolalar futbolini rivojlantirish tizimini shakllantiradi. Keyinchalik OFK, FIFA tashkilotlarida instruktor bo`lib faoliyat olib borgan.

O`zbek futboli rivojiga qo`shgan ulkan hissasi uchun davlatimiz tomonidan "Shuhrat" medali hamda "O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1