1

Andijonda davlat tashkilotining g`aznachi ish yurituvchisi 800 AQSh dollari bilan qo`lga olindi

Jamiyat 15.02.2022, 11:01
Andijonda davlat tashkilotining g`aznachi ish yurituvchisi 800 AQSh dollari bilan qo`lga olindi

Andijon shahrida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilishiga yordam bermoqchi bo`lgan ish yurituvchi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahar uy-joy fondlarini boshqarish, davlat orderi va ma`lumotnomalar berish markazi DUKning g`aznachi ish yurituvchisi M.Sh. fuqaro M.ga  Andijon shahrida yangi qurilayotgan arzon uy-joylardan birini sotib olish uchun subsidiya mablag`i ajratilishida tanishlari orqali yordam berish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1