1

Markazdan olisda joylashgan G`ilon: 35 yildan beri hujjatsiz yashayotgan fuqaro, uning xotini hamda bolalariga guvohnomalar berildi

Jamiyat 15.02.2022, 12:38
Markazdan olisda joylashgan G`ilon: 35 yildan beri hujjatsiz yashayotgan fuqaro, uning xotini hamda bolalariga guvohnomalar berildi

Shahrisabzda bir oilaning birato`la 6 nafar a`zosiga hujjatlar rasmiylashtirilib berildi. Bu haqda DXA Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Shahrisabz  tumani "G`ilon» qishlog`ida yashovchi Saydali Qodirov 35 yildan buyon kasallik bilan kurashadi. Tuman markazi qishloqdan 70 km uzoqlikda joylashganligi uchun u erga borib kelishning imkoni bo`lmadi. Biroq o`tgan davr mobaynida kindik qoni tomgan yurtda hujjatsiz yashash bir qancha muammolarni yuzaga keltiradi. Er va xotin farzandlarini voyaga etkazdi, uylik- joylik qildi.

Bugun mamlakatimizda 35 yildan buyon hujjatsiz  yashab kelayotgan S.Qodirov va turmush o`rtog`i M.Jo`raeva hamda ularning 4 nafar farzandlarining ko`p yillik orzulari amalga oshdi. Shahrisabz tuman  FHDYo bo`limi tomonidan ularga sayyor tartibda nikoh guvohnomasi hamda farzandlarining tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari tantanali ravishda o`z egalariga topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1