Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Aziz Murodov ma`lum qildi.
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
- 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.






