1

Toshkent viloyatida o`quvchilar yupun kiyimda mehmon kutishga chiqarildi

Jamiyat 15.02.2022, 18:13
Toshkent viloyatida o`quvchilar yupun kiyimda mehmon kutishga chiqarildi

Ta`kidlanishicha, «Ta`lim to`g`risida»gi qonunning 47-moddasiga muvofiq ta`lim oluvchilarni ta`lim olish bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.

Rahbarlar va mas`ul xodimlardan ta`lim oluvchilarni ta`lim olish bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb etmasliklari talab etiladi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan adliya organlari tomonidan o`rganish olib borilmoqda.

Saytlarning ma`lumotlariga ko`ra, voqea 14 fevral kuni Qibray tumanidagi 29-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida bo`lgan. Viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i Azamat Kamolovning ma`lum qilishicha, maktabda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuni munosabati bilan tadbir tashkil etilgan, ammo tashkilotchilar va mehmonlarning maktabga aloqasi bo`lmagan.

«Unday tadbirlarni qish tugul, yozda ham qilmayapmiz. Bu tadbirni maktab rahbariyati tashkil etmagan. Ushbu tadbirni ‘Oltin meros’ jamg`armasi tashkil etgani ma`lum bo`ldi. E`tibor berib qaralsa, suratdagi erkaklardan biri ‘Oltin meros’ jamg`armasining rahbari Amirqul Karimov, ayollardan biri ‘Oltin meros’ jamg`armasining viloyat bo`limi boshlig`i Zarifa Eshmirzaeva ekanini ko`rish mumkin.

Jamg`arma vakillari Boburning yigirma nechinchidir avlodini olib kelishgan ekan. Aslida mahallada bo`lishi kerak bo`lgan tadbir joy topilmagani sababli maktab zalida tashkil etilgan ekan.

Tumandagi ba`zi jamoat tashkilotlari maktablarda tadbir o`tkazib turishadi. Kechagi holatda ham kimdir maktabdan o`quvchi so`ragan bo`lsa, maktabdagilar ham o`ylab o`tirmay o`quvchi ajratib bergan bo`lsa kerak», — degan boshqarma boshlig`i.

Ma`lumot uchun, 14 fevral Qibray tumanida yomg`irli kun bo`lgan, havoning o`rtacha harorati +4 darajani tashkil qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1