1

​​Toshkentdan Rossiyaning yana ikkita shahriga qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yildi

Jamiyat 15.02.2022, 19:28
​​Toshkentdan Rossiyaning yana ikkita shahriga qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yildi

Toshkent shahridan Rossiyaning Krasnodar va Rostov-Don shaharlariga qo`shimcha qatnovlar joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.

Qayd etilishicha, 20 fevraldan boshlab haftaning yakshanba kunlari Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo`nalishi bo`yicha qatnovlar amalga oshiriladi. Toshkentdan Rossiya shahriga aviachipta narxi 1 million 761 ming 681 so`mdan, qaytish parvozi bilan qo`shib hisoblaganda 1 million 934 ming 819 so`mdan boshlanadi.

23 fevraldan esa chorshanba kunlari Toshkent—Krasnodar—Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi. Toshkent—Krasnodar yo`nalishida aviachipta narxi 1 million 956 ming 956 so`mdan, ikki tomonlama aviachipta narxi esa 2 million 179 ming 562 so`mdan boshlanadi.

Narxlar 15 fevral holatiga ko`ra amal qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1