Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko`ra, kengashning tegishli qarorlari bilan yana uch nafar sudya vazifasidan ozod etildi.
Unga ko`ra, Andijon viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudining raisi R.Turginov va Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Jomboy tumani sudining raisi M.Sheryigitov yozma arizalariga binoan, Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi Sh.Ne`matov esa sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan avval tugatildi.
Bundan tashqari, mas`uliyatsizligi va faoliyatida yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Xonqa tumani sudining raisi M.Hasanova hamda Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Karmana tumanlararo sudining raisi Sh.Togoev intizomiy javobgarlikka tortildi.






