AsosiyJinoyat

DXX "Islom Davlati" terroristik tashkiloti a`zosini qo`lga olib, O`zbekistonga olib keldi

'DXX "Islom Davlati" terroristik tashkiloti a`zosini qo`lga olib, O`zbekistonga olib keldi'ning rasmi

Bu haqda DXX axborot xizmati Darakchi.uz ga xabar berdi.

Unda aytilishicha, 1969 yil Xiva shahrida tug`ilgan fuqaro «D.U.» o`g`li - 1994 y.t. «D.X.» bilan birgalikda 2009-2015 yillarda Rossiya Federasiyasida mehnat migranti sifatida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a`zolarining ta`siriga tushib qoladi. 

Natijada, 2015 yilning sentyabr oyida ota-bola o`zlarining shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida Tojikiston Respublikasining soxta pasportini rasmiylashtirib, Turkiya orqali Suriya davlatiga borishadi hamda «Islom Davlati» xalqaro terroristik tashkiloti a`zolari safiga qo`shilib, jangovor harakatlarda ishtirok etishadi.

Keyinroq «D.U.» Suriyadan MDH davlatlaridan biriga qo`poruvchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida qaytib keladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida «D.U.» ushlanib, O`zbekistonga olib kelindi.

Ta`kidlash lozimki, qo`lga olish vaqtida «D.U.» faol qarshilik ko`rsatgan bo`lsa, keyingi jarayonlarda u o`zining «jihod» qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmaganligini bildirgan.

Hozirda «D.U.»ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, «D.U.»ning o`g`liga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar