AsosiyJamiyat

Yil yakuniga qadar 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushiriladi — Energetika vazirligi

'Yil yakuniga qadar 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushiriladi — Energetika vazirligi'ning rasmi

Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 1 474 MVt bo`lgan 7 ta yangi elektr stansiya, shundan 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (FES) ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Xususan, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt bo`lgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi.

Shuningdek, aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.  

Buning natijasida O`zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 000 MVtdan oshadi.

    Boshqa yangiliklar