1

Bog`otda fuqaroni Finlyandiyaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jamiyat 16.02.2022, 19:23
Bog`otda fuqaroni Finlyandiyaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bog`ot tumani bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro S.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro O.ning ishonchiga kirib, Finlyandiya davlatiga ishga yuborishda yordam berishi va uning nomiga mehnat daftarchasi rasmiylashtirib berishni 3 600 AQSh dollariga kelishib, shundan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1