1

Rossiyaning beshta hududida ishlash istagida bo`lganlarga 60 dan ortiq yo`nalishlar bo`yicha bo`sh ish o`rinlari e`lon qilindi

Jamiyat 16.02.2022, 19:32
Rossiyaning beshta hududida ishlash istagida bo`lganlarga 60 dan ortiq yo`nalishlar bo`yicha bo`sh ish o`rinlari e`lon qilindi

Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Moskva, Amur, Kursk viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilinadi.

 Fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.

Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.

Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.

Ishga qabul qilayotgan korxonalar: "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Rudstroy", "Ana stroy", "Renessans Xevi Indastris".

Tanlovlar vaqti va hududlar:

  •  17 fevral:

 Soat 11:00 va 14:00 da, Xorazm viloyati,

Manzil: Urganch sh., Baynalminalchi ko`ch., 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi.

62 229-19-96;

  •  18 fevral:

Soat 11:00 va 14:00 da, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Manzil: Nukus sh., Utepova ko`ch., r/u. "Ishga marhamat" monomarkazi

Mo`ljal: "Istiqlol  bog`i" - Kvadrat park.

 55 102-53-32, 55 102-53-34.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1