1

Toshkent viloyatida daraxtlar avval yondirilib, so`ng qo`porilmoqda

Jamiyat 17.02.2022, 09:32
Toshkent viloyatida daraxtlar avval yondirilib, so`ng qo`porilmoqda

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani, Surum mahallasi hududidagi daraxtzorlar qasddan yo`q qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,  Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo`mitasi Jamoatchilik kengashi a`zosi Rasul Kusherbaev yozmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, O`rmon xo`jaligiga qarashli bo`lgan ushbu er maydoni 2019 yili tuman hokimligi zaxirasiga olingan.  

"Shundan so`ng noqonuniy ravishda daraxtlar turli yo`llar bilan yoqilib, sun`iy yaroqsiz holga keltirilgan. So`ng maydondan shag`al olinib, pullanmoqda. Zo`r usul.

Taxminimizcha daraxtkushlar tomonidan shu kunga qadar ikki yuzga yaqin qimmatbaxo daraxtlar yo`q qilingan.

Achinarlisi bu ishlar aynan "moratoriy" davrida sodir etilishiga qaramay mas`ul tashkilotlar vaziyatni jim kuzatib turibdi. Katta ehtimol bilan daraxtkushlar ortida ularni qo`llovchi "kattalar" bor...  

Prezidentimizning qonun ustuvor jazo muqarrar, degan da`vatidan kelib chiqib, mas`ul idoralar, shu jumladan ekologiya prokuraturasidan masalani tezkor o`rganib, chora ko`rishlarini so`raymiz", - deyiladi deputatning ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida qoldirilgan postida. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1