1

Xorazmda soliq inspeksiyasi xodimi 5 ming AQSh dollari olayotganida qo`lga tushdi

Jamiyat 17.02.2022, 10:26
Xorazmda soliq inspeksiyasi xodimi 5 ming AQSh dollari olayotganida qo`lga tushdi

Xorazm viloyatida yana bir mansab vakolatidan foydalangan xodim qo`lga tushdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX Matbuot xizmati xabar qildi.  

Ma`lum qilinishicha, Xonqa tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimi ikkita MChJ faoliyatlari bo`yicha o`tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasiga ko`ra, byudjetga qo`shimcha hisoblangan 720 mln. so`mlik soliq to`lovlarini tanish hamkasbi imkoniyatlari orqali kamaytirib berishni va`da qilib, evaziga ushbu MChJlar rahbaridan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan. 

Eslatib o`tamiz, sal avval Jizzaxda pora berayotgan dekan qo`lga tushgani xabar qilingan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1