AsosiyJinoyat

Bekobodda metan gaz shahobchasini elektr tarmog`iga ulash uchun pora talab qilgan ETK muhandisi ushlandi

'Bekobodda metan gaz shahobchasini elektr tarmog`iga ulash uchun pora talab qilgan ETK muhandisi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi B.K. o`z xizmat mavqeidan foydalanib, shahar hududida yangi qurilayotgan metan gaz shahobchasini 13-dahadagi 6 kVt lik “Fider” qozonxonasi orqali elektr tarmog`iga ulash hamda texnik shart berish evaziga 2 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar