1

Andijonda 4 kishi is gazidan vafot etdi

Jamiyat 17.02.2022, 12:03
Andijonda 4 kishi is gazidan vafot etdi

Andijon viloyatining Xo`jaobod tumanida 1 nafar, Asaka tumanida esa 3 nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi. 

Viloyat FVB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 14 fevral kuni taxminan soat 10:30da Asaka tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi navbatchilik qismiga is gazi bilan zaharlanish holati bo`yicha xabar kelib tushadi.

Tezkor guruh tomonidan tumandagi “Chek” MFYda joylashgan “Asaka zotli chorva” fermer xo`jaligi binosida 3 kishining jasadini topiladi. 

Shuningdek, 12 fevral kuni Andijon tumani “Islomobod” MFYda yashovchi fuqaro M.Q va turmush o`rtog`i I.Q. Xo`jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida joylashgan, o`ziga tegishli olma bog`idagi hovlisida uyni isitish maqsadida tog`oraga cho`g` olib kirishgan va noma`lum etiologiyali sabablarga ko`ra I.Q. vafot etgan, turmush o`rtog`i M.Q. RShTTYoIMning jonlantirish bo`limiga joylashtirilgan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va sud-med ekspertizasi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1