AsosiyJamiyat

Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida bo`lgan o`zbekistonliklarga bo`sh ish o`rinlari taklif qilindi

'Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida bo`lgan o`zbekistonliklarga bo`sh ish o`rinlari taklif qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Germaniyaning “NoVo Agency” tashkiloti bilan hamkorlikda ushbu davlatda hamshira vazifasida ishlash istagini bildirgan fuqarolar uchun Buxoro shahrida bepul nemis tili kurslarini taklif etadi.

O`quv kursi tinglovchilariga:

  • o`quv materiallari bepul taqdim etiladi;
  • til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlarga talablar:

  • 39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
  •  
  • tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo`lishi;
  • tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik diplom) yoki tibbiyot institutining “Oliy hamshiralik” yo`nalishini (bakalavr diplomi yuqori baholanadi) tugatgan bo`lishi;
  • bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
  • tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
  • kurslarda qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;
  • Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi.

 

Shuningdek, “NoVo Agency” tashkiloti va nomzodlar o`rtasida tegishli shartnoma imzolanadi.

    Boshqa yangiliklar