1

Ijtimoiy tarmoqda “So`m”ning muomalaga kiritilganining 20 yilligi munosabati bilan 20 raqami tushirilgan "pul" tasviri tarqaldi

Jamiyat 17.02.2022, 13:56
Ijtimoiy tarmoqda “So`m”ning muomalaga kiritilganining 20 yilligi munosabati bilan 20 raqami tushirilgan  "pul" tasviri tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda banknot ko`rinishidagi – “So`m”ning muomalaga kiritilganining 20 yilligi munosabati bilan 20 raqami tushirilgan  "pul" tasviri tarqaldi. Markaziy bank holat bo`yicha ma`lumot berdi. 

"O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan banknot ko`rinishidagi – “So`m”ning muomalaga kiritilganining 20 yilligi munosabati bilan 20 raqami tushirilgan namuna Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pul belgisi hisoblanmaydi.

“O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonunga asosan O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi sifatida pul belgilari faqat Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladi.

Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to`g`risidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu namuna Markaziy bank tomonidan emas, balki “Davlat belgisi” korxonasi tomonidan 2014 yilda yubiley sana munosabati bilan korxonaning reklama mahsuloti (suvenir) sifatida chiqarilgan.

(Ma`lumot uchun: dunyodagi barcha banknot chop etuvchi kompaniyalar tomonidan yangi himoya elementlari joriy etilganligi yoki boshqa ishlab chiqarish yangiliklari bilan tanishtirish maqsadida, biror yubiley sana yoki kompaniya faoliyatiga aloqador voqeaga bag`ishlab faqat raqam qo`yilgan, valyuta nomi qayd etilmagan banknotlar chop etib boriladi va ular korxona faoliyatini reklamasi uchun mo`ljallangan bo`ladi).

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan banknot hech qanday qiymat o`lchoviga ega emas (unda so`m yozuvi qayd etilmagan), muomala va to`lov vositasi sifatida foydalanishga mo`ljallanmagan",– deyiladi rasmiy axborotda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1