1

2021 yilda aliment to`lamaslik bo`yicha 8345 ta ma`muriy 591 ta jinoiy ish qo`zg`atilgan

Jamiyat 17.02.2022, 14:39
2021 yilda aliment to`lamaslik bo`yicha 8345 ta ma`muriy 591 ta jinoiy ish qo`zg`atilgan

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo`latov  ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, MIB ish yurituvida 300 mingdan ziyod aliment va moddiy ta`minot undiruvi bilan bog`liq ijro hujjati mavjud . Har bir MIB ijrochisiga oyiga 120 tadan shu toifadagi ijro hujjati to`g`ri keladi.

Jamiyatimizda oila qadriyatlariga yuzaki yondashish, o`zaro kelishmovchiliklar oqibatida oilalarning ajralishi holatlarini yildan yilga o`sishi - o`z navbatida, aliment undirishga doir ijro hujjatlari sonining ortib ketishiga olib kelmoqda.

Jumladan, 2015 yilda aliment va moddiy ta`minot undiruvlari bo`yicha jami 207 mingta ijro hujjati mavjud bo`lgan bo`lsa, 2021 yilda bu ko`rsatkich 402 mingtani tashkil etib, keyingi 6 yil davomida ish yurituvdagi aliment bo`yicha hujjatlar 94 foizga o`sganligini ko`rsatmoqda.

Bugungi kunda, Byuro organlari ish yurituvida 300 mingdan ortiq aliment va moddiy ta`minot undiruvi bilan bog`liq ijro hujjatlari mavjud bo`lib, har bir davlat ijrochisiga oyiga o`rtacha   120 tadan shu toifadagi ijro hujjatlari to`g`ri kelmoqda.

Yoki, sodda qilib aytganda kelib tushayotgan 193 mingdan ortiq murojaatlarning 116 mingdan ziyodi (60,1 foizi) alimentga oid murojaatlardir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1