AsosiyJamiyat

Bojxona tizimi xodimlarining daromadi va mol-mulklari deklarasiya qilinadi

'Bojxona tizimi xodimlarining daromadi va mol-mulklari deklarasiya qilinadi'ning rasmi

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda bojxona xodimlarining halol ishlashini ta`minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish - korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim masala ekanligi ta`kidlandi. 

Shu munosabat bilan:

  •  bir oy muddatda bitta postda 3 yil ishlagan xodimlar rotasiya qilinadi;

 

  •  1 martdan barcha bojxona xodimlari faqat ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi;

 

  • bojxona tizimida xodimlar daromadi va mol-mulkini deklarasiya qilish joriy etiladi;

 

  •  bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga 50 foizgacha qo`shimcha ustama to`lanadi. Bu ustamalar aniq ko`rsatkichlar (KPI) asosida belgilanadi;

 

  •  olis va sharoiti og`ir postlarda ishlayotgan xodimlar ish haqiga qo`shimcha ustamalar joriy etiladi;

 

  •  bojxona xodimlariga maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar