AsosiyJamiyat

Toshkent va Xorazimda "prava"ni o`qishga qatnashtirmasdan olib bermoqchi bo`lganlar ushlandi

'Toshkent va Xorazimda "prava"ni o`qishga qatnashtirmasdan olib bermoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti va IIV xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahri va Xorazm viloyatida qisqa muddatlarda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida, fuqaro R.M. va boshqalar o`zaro til biriktirib, fuqaro N.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qisqa muddatda o`qishga bormasdan haydovchilik guvohnomasini 900 AQSh dollari evaziga imtihonsiz olib berishga ishontirib, shundan 800 AQSh dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali viloyat YHXBda  haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan  o`tkazib berishi evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar