2022 yilning 30-31 mart kunlari Hilton Tashkent City mehmonxonasida “HOTEL BUSINESS FORUM -2022: Mehmondo`stlik sohasidagi davr muammolari” muhokamasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, forumda mehmondo`stlik sohasidagi quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
• xalqaro ekspertlar taqdimotlari;
• amaliy tavsiyalar;
• soha vakillari bilan tajriba almashish va har bir ishtirokchining mehmondo`stlik sanoatidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishda faol ishtirok etishi.
Forumning ikki kunlik dasturi 30 mart soat 09:00 dan 16:30 gacha sessiyalarga bag`ishlangan:
• Biznes jarayonlarini optimallashtirishda xalqaro mehmonxona brendining roli;
• Mehmondo`stlik sohasidagi professional kadrlar xizmatlar sifatini oshirish omili sifatida;
• O`zbekistonda mehmonxona ochish investisiya loyihasi doirasida moliyaviy model.
Ikkinchi kuni, 31 mart soat 10:00 dan 12:30 gacha ishtirokchilar quyidagi savollarni muhokama qilishadi:
• Mehmonxona xizmatlari va turoperatorlar o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning xalqaro tajribasi;
• HORECA’dagi tendensiya va yangiliklar. Mehmonxonalar restoranlari qanday qilsa yanada samarali bo`ladi?
Har bir sessiya doirasida ishtirokchilar, ma`ruzachilar va mehmonlar o`rtasida mavzular bo`yicha muhokamalar o`tkaziladi.
Ishtirokchilarning www.hoteliers.uz veb-saytida ro`yxatdan o`tishi talab qilinadi.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefon: +998 97 144 4847-46.






