Prezident raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda asosiy mavzudan tashqari qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish choralari ham muhokama qilindi.
Bu borada bugun imzolangan Prezident qarorida:
- qurilish materiallari xom ashyo bazasini kengaytirish;
- kichik sanoat zonalarini tashkil etish;
- eksportni qo`llab-quvvatlash;
- energiya tejamkor materiallaridan foydalanishni rag`batlantirish kabi masalalar ko`zda tutilgan.
Hokimlar qurilish materiallari va uy-joy qurilish klasterlarini tashkil etish hamda yangi loyihalar bo`yicha hisobot berdi.
Yig`ilish yakunida mas`ul sohalar mutasaddilarining axboroti tinglandi va tegishli topshiriqlar berildi.






