Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro N.Yu. dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro M.ga xorijda ishlab chiqarilgan “COVID-19” infeksiyasini davolashda keng qo`llaniladigan “Remdesivir” nomli dori vositasini har birini 350 ming so`mdan sotishga kelishib, jami 500 donasini 16 300 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






