AsosiyJamiyat

Diplomatik terminlar izohli lug`ati yaratildi

'Diplomatik terminlar izohli lug`ati yaratildi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar ishlar vazirligi rahbariyatining bevosita tashabbusi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbek tilini rivojlantirish jamg`armasi ko`magi  bilan «Diplomatik terminlar izohli lug`ati» kitobi chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Kitob Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar bo`yicha axborot-tahliliy markazi xodimi Isroil Shamsimuhamedov  tomonidan nashrga tayyorlangan.

Bugun, 17 fevral kuni Tashqi ishlar vazirligida  ushbu izohli lug`atning taqdimoti o`tkazildi.

Anjuman ishtirokchilari «Diplomatik terminlar izohli lug`ati»ning mazmun-mohiyati hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida so`z yuritdi. U o`zbek dilomatiyasi nutqining rivojiga xizmat qilishi  bildirildi. Ushbu kitob soha xodimlari uchun muhim va amaliy qo`llanma ekani, unda jamlangan diplomatiya sohasi uchun juda muhim bo`lgan so`zlar, iboralar, ularning tavsiflari  qayd etildi.

Lug`at keng diplomatlar ommasi, talabalar, tarjimonlar, OAV va ushbu sohaga qiziquvchilarga mo`ljallangan.

To`plamda 400 ga yaqmn iste`molda bo`lgan so`z va so`z birikmalari, xalqaro diplomatiya sohasidagi terminlar va xalqaro munosabatlarda keng  qo`llanadigan so`z va atamalar jamlangan.

Taqdimotda so`nggi yillarda mamlakatimizning butun dunyoga tobora ochilib borayotgani bois o`zbek tilini o`rganishga bo`lgan qiziqish va talab ortayotgani ta`kidlandi. Shu bois bugungi kunda davr talablaridan kelib chiqqan holda tuzilgan  ushbu lug`atga katta ehtiyoj sezilmoqda.

— Bu lug`at  xalqaro munosabatlar terminologiyasi yo`nalishidagi ishlarimizning debochasi, – dedi Vazirlar Mahkamasi  departamenti mas`ul xodimi G`ofir Hamroev. — Hali bu borada qiladigan ishlarimiz juda ko`p. Chunki, hozirga qadar  tashqi siyosat bo`yicha  o`zbek tilidagi lug`at yaratilmagan edi. O`zbekiston xalqaro diplomatiyasini rivojlantirishda ushbu sohaga oid o`zbek tilidagi atamalarni ishlab chiqish zaruriyati paydo bo`lmoqda.  Qayd etish  joizki, Tashqi ishlar vazirligi  davlatimiz rahbari  va hukumatimiz tomonidan o`zbek tilining nufuzini xalqaro maydonda oshirish bo`yicha qo`yilyotgan talablarni og`ishmay bajarmoqda.  

Kitob muallifi Isroil Shamsimuhamedov lug`at tuzish mas`uliyatli jarayon ekani, shunday mazmundagi ko`proq kitoblarni nashrga tayyorlash zarurligini ta`kidladi.

— Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi ko`magida dunyo yuzini ko`rgan ushbu kitobni yaratishga qarib ikki yil vaqt sarflandi, - dedi u. – Ish jarayonida bu boradagi xalqaro tajriba bilan chuqur tanishdik, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o`qituvchilari yaqindan yordam berdi. Lug`atdagi atamalarni tanlashda o`zbek tili mezonlari va til normalariga rioya qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

    Boshqa yangiliklar