1

Suriyadagi jangarilarga qo`shilishni rejalashtirgan surxondaryolik fuqaro qo`lga olindi

Jamiyat 17.02.2022, 20:53
Suriyadagi jangarilarga qo`shilishni rejalashtirgan surxondaryolik fuqaro qo`lga olindi

Jihodga chorlash targ`iboti bilan shug`ullangan, Suriyadagi jangarilarga qo`shilishni rejalashtirgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, DEO/XTT emissarlari ta`siriga tushib, Suriyadagi jangarilar lageriga borishni rejalashtirgan Jarqo`rg`on tumanida yashovchi R.I.  DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lga olindi.

Tadbir davomida unga tegishli bo`lgan telefon apparatida, uning telegram messenjeridagi akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy Abu Saloh, Rashod Qori kabi "jihodchilar" DEO g`oyalarini targ`ibotchilari bilan aloqalari aniqlandi.

Bundan tashqari, u O`zbekiston Islom harakati XTTga tegishli "Jundulloh" media markazining "Amjad media" nashidalari, Suriyadagi Tavhid va jihod katibasi XTT rahnomasi Abu Salohning jihodga chorlovchi ma`ruzalarini yaqin tanishlariga  tarqatib kelayotgani, videotasvir orqali presessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1