1

Sergeli tumanidagi avtosalon yonib ketdi

Jamiyat 18.02.2022, 09:12
Sergeli tumanidagi avtosalon yonib ketdi

FVV yuz bergan hodisa tafsilotlarni ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, tungi soat 03:30 da Toshkent shahar Sergeli tumani ko`chada joylashgan yuk avtomobillari va ehtiyot qismlarini sotish do`konida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra 7 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 03:36 da etib borib, yong`in soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:10 da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida do`konning 900 kv.m maydonda ichki shift qismi va tashqi alyukobond qoplamasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

"Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1