1

O`zbekistonda hokimlik va davlat organlarining mingdan ortiq hujjati raqobatga zid deb topildi

Jamiyat 18.02.2022, 09:28
O`zbekistonda hokimlik va davlat organlarining mingdan ortiq hujjati raqobatga zid deb topildi

Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mita raisi o`rinbosari Bekzod Ummatov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lumot berdi.

Brifing davomida 2021 yilda Qo`mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobot berib o`tilgan.

Ta`kidlanishicha, raqobatga ta`siri baholangan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo`linmalari tomonidan ishlab chiqilgan 1,5 mingta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar o`rganilgan va 278 ta loyihada raqobatga zid normalar aniqlanib,  ularni bartaraf etish tegishli xulosalari berilgan.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan 976 ta hamda davlat organlarining 374 ta hujjatlari raqobatga zid ekanligi aniqlangan va ularni bekor qilish choralari ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1