1

O`zbekistonda qishning so`ngi o`n kunligida aprel havosi kuzatiladi – O`zgidromet

Jamiyat 18.02.2022, 11:45
O`zbekistonda qishning so`ngi o`n kunligida aprel havosi kuzatiladi – O`zgidromet

Fevral oyining keyingi to`qqiz kunligida shimol va g`arbdagi vaziyatdan kelib chiqib, O`zbekistonda ham kundan kunga harorat yuqorilab boraveradi. Xususan, O`zgidromet prognozlariga ko`ra, 20-22 fevral kuni janub viloyatlarda havo harorati +20 darajagacha ko`tariladi.

Xabarda aytilishicha, fevral oyi uchinchi o`n kunligi o`rtalarida shu oydagi eng yuqori harorat qayd etilishi mumkin.

Bundan tashqari MeteoJurnal turli iqlim modellar uzoq muddatli prognoz ma`lumotlari asosida Turkmanistonda kelayotgan bahor oylarida me`yordan kam yog`in va yuqori haroratli iqlim bo`lishini prognoz qildi.

Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib, O`zbekistonning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarida ham bahorda yog`inlar biroz kam va yuqori haroratli oylar kutilishini taxmin qilish mumkin. Balki, nam havo oqimlarining Turkmanistondan kelishi hisobga olinsa, respublikaning ko`plab hududlarida bahorda yog`ingarchilik me`yordan kam kuzatilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1