1

Namanganda 1-sinf o`quvchilarini uyga vazifa qilmagani uchun izza qilgan sinf rahbari ishdan olindi

Jamiyat 18.02.2022, 12:04
Namanganda 1-sinf o`quvchilarini uyga vazifa qilmagani uchun izza qilgan sinf rahbari ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-sinf o`quvchilarini doskaga chiqarib, ruhan sindirilayotgani mazmunida videolavha yoritildi. Namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati holat bo`yicha ma`lumot berdi. 

Xabarda aytilishicha, Uchqo`rg`on tumanidagi 13-umumiy o`rta ta`lim maktabining 1-“v” sinf rahbari Shahnoza Madrahimova o`qish darsi paytida sinfdagi 6 nafar o`quvchi uy vazifasini tayyorlamagani va daftarlari qolib ketgani  sababli bunday holat qaytarilmasligi va boshqa o`quvchilarga saboq bo`lishi uchun doska oldiga chiqartirib, qolgan o`quvchilarga “uyat” deb gapirtirib, izza qildirgan. 

Bu jarayonlarni o`zi uyali telefoniga tasvirga olib, ikki nafar o`quvchi ota-onasining telegramiga jo`natgan. 

Shundan so`ng, sinf rahbari  Shahnoza Madrahimova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga ko`ra o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun ta`lim muassasasi direktori Oybek Mo`ydinov, ma`nafiy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Yashin Abdugofuroflarga “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo`llanilgani, o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Mahbuba Imomova jiddiy ogohlantirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1