AsosiyJamiyat

Bir dona energiya tejamkor LED lampasi bir oyda 6 608 so`m, bir yilda esa 79 296 so`m iqtisod qiladi — Energetika vazirligi

'Bir dona energiya tejamkor LED lampasi bir oyda 6 608 so`m, bir yilda esa 79 296 so`m iqtisod qiladi — Energetika vazirligi'ning rasmi

Vazirlik Axborot xizmati bir dona energiya tejovchi svetodiod LED lampasining qanchalar foydali ekanligi to`g`risida ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha:

▪️100 Vt quvvatli energiya samarasiz cho`g`lanma lampa bir kunda o`rtacha 8 soat ishlasa 800 Vt.soat, bir oyda esa 24 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflaydi.

▪️7 Vt quvvatli energiya tejovchi lampa esa, bir kunda 8 soat ishlasa 56 Vt, bir oyda (30 kun) 1,6 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflaydi.

Demak, bir dona energiya tejovchi lampa bir oyda 22.4 kilovatt-soat elektr energiyasini iqtisod qiladi.

Bu esa, elektr energiyasining amaldagi 295 so`m tarifi bo`yicha hisoblaganda, bir dona energiya tejovchi lampa bir oyda 6 608 so`m, bir yilda esa 79 296 so`m iqtisod qiladi.

Ma`lumot uchun: 100 Vt quvvatli energiya samarasiz lampa beradigan nur o`rnini undan 15 marotaba energiya tejamkor bo`lgan 7 Vt quvvatli LED lampasi bosa oladi.

O`zbekistondagi 7 million xonadon misolida tahlil qiladigan bo`lsak, birgina energiya tejamkor lampa o`rnatilishi hisobiga bir yilda 156 mln. kVt.soat elektr energiyasi tejalishiga erishiladi.

Ushbu bir dona energiya tejamkor lampa orqali tejalgan elektr energiyasi 1 045 ta xonadonning bir oylik iste`molini tashkil qiladi.

O`zbekistonda 2016 yil 1 iyuldan quvvati 40 Vt.dan yuqori bo`lgan cho`g`lanma lampalarni erkin muomalaga chiqarish, 2017 yil 1 yanvardan esa ularni sotish taqiqlangan. Bu Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktyabrdagi 299-sonli qarorida belgilab berilgan.

    Boshqa yangiliklar