AsosiyJamiyat

Samarqandda “COVID-19”ni davolashda ishlatiladigan dorini noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi

'Samarqandda “COVID-19”ni davolashda ishlatiladigan dorini noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Samarqandda “COVID-19” kasalligini davolash uchun ishlatilayotgan dori vositalarini qonunga hilof ravishda sotayotgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishgicha, 2022 yil 14 fevral kuni IIV Korrupsiya va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Samarqand shahar Spitamen Shoh ko`chasida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbirda 1986 yilda tug`ilgan Yu.N., M. ismli shaxsga 500 dona hozirda “COVID-19” kasalligini davolash uchun ishlatilayotgan “Remdesivir” nomli dori-darmon vositalarini 175 million so`mga hisoblab, qonunga hilof ravishda sotayotgan vaqtida, kelishilgan pullardan 16.300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar