AsosiyJamiyat

Namangandagi mehmonxonada fuqarolarni xorijga ishga yuborish uchun noqonuniy tanlov o`tkazilayotgani ma`lum bo`ldi

'Namangandagi mehmonxonada fuqarolarni xorijga ishga yuborish uchun noqonuniy tanlov o`tkazilayotgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Namanganda fuqarolarni xorijga noqonuniy ishga jalb qilish holatiga chek qo`yildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Namangan shahar IIOFMB va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Namangan viloyati filiali hamkorligida o`tkazilgan tadbirda Farg`ona shahrida ro`yxatdan o`tgan konsalting xizmati markazi tomonidan Namangan shahridagi  mehmonxonalardan birida fuqarolarni xorijga ishga jo`natish faoliyati bilan noqonuniy shug`ullanib, tanlov tashkil etilgani ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIOFMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo`lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko`rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va to`lovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz", - deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar