Xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbari mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumanida bo`lib turibdi.
"Darakchi" gazetasining muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, Prezident tumandagi "Do`stlik" mahallasi raisi, yoshlar etakchisi va hokim yordamchisi bilan ko`rishdi. Suhbat davomida bu hududga hali biror rahbar kelmagani aytildi.
Bunga javoban davlat rahbari:
"Avval Sergeliga desangiz, taksi ham kelmasdi", - deya qo`shimcha qildi.
Yoshlar etakchisi Islombek Sodiqovning aytishicha, mahallada 1 308 nafar yoshlar bo`lib, uning tashabbusi bilan ulardan 40 nafari turli fanlar bo`yicha oliy ta`lim tayyorgarligiga qo`yilgan.
Islombek Sodiqov mahalla yoshlari haqida ma`lumot berar ekan: "O`qishga tayyorlanayotgan 40 nafar o`quvchilarimizni oliy ta`lim muassasasiga kirishlariga ishonaman!" - deya prezidentga va`da berdi.






