AsosiyJamiyat

"Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar?" - Prezident ko`p qavatli uyga solingan surat unga yoqqanini aytdi

'"Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar?" - Prezident ko`p qavatli uyga solingan surat unga yoqqanini aytdi'ning rasmi

Xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbari mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumanida bo`lib turibdi.

"Do`stlik" mahallasidagi ko`p qavatli uy devoriga chizilgan "Do`stlik ramzi" surati prezident Shavkat Mirziyoevning e`tiborini tortdi, deya xabar qilmoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Mas`ullarga qarab rasmni ko`rsatgan prezident:

 "Menga yoqadi. Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar? Shu rasm ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta`sir qiladi", - dedi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bu turdagi murallar (devoriy suratlar) shaharda ko`payayotganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar