O`zbekiston Sohliqni saqlash vazirligi Matbuot kotibining xabar berishicha, AQShlik olimlar o`tkazgan tadqiqotga ko`ra, "omikron"ning eng xavfli muddati — kasallikning dastlabki uch kunidir. Chunki ayni shu davrda tanadagi virus yuki eng yuqori darajasi bo`ladi.
“Virus — tirik modda emas, balki genetik kod, — deydi olimlar. — U tashqi muhitda himoya qobig`ida saqlanadi. Sog`lom hujayralar ichida esa u ildiz otadi va tanamizdagi oqsillar, ferment tizimlari yordamida u ko`payadi".
Ma`lum bo`lishicha, “omikron” inson organizmiga kirganida, hali tanada unga qarshi etarlicha himoya bo`lmaydi. Oqibatda virus shu davrda faol ko`payadi. Faqat uch kun o`tib, immunitet tizimi o`ziga xos himoya funksiyalarini ishga tushiradi hamda antitanachalar hosil qila boshlaydi. Bu esa infeksiyalarni asta-sekin o`ldiradi.
Tahlillarga ko`ra, koronavirusning “delta” shtammi bir hafta ichida organizmda ko`paygan. “Omikron” uchun esa dastlabki uch kun kifoya.
Tadqiqot uchun yangi variantni yuqtirgan 37 nafar bemor tanlab olindi. Ularda virus yuki kasallikning dastlabki uch kunida yuqori bo`lishi aniqlandi. To`rtinchi kundan boshlab esa ko`rsatkichlar pasayib, o`rtacha 7-9 kun ichida infeksiya tanadan butunlay g`oyib bo`ldi.
“Aslida bu holat har bir bemor uchun individual xarakterga ega, — deydi ekspetrlar. — Masalan, immuniteti zaif, ortiqcha vaznga ega va yondosh kasalliklari bor kishilarda uch kundan keyin virus kamaya boshlashiga kafolat yo`q. Aksincha, bunday odamlarning salomatligi kundan kunga yomonlashishi ham mumkin”.






