AsosiyJamiyat

Prezident Toshkentga nega tramvay qaytarilayotganiga izoh berdi

'Prezident Toshkentga nega tramvay qaytarilayotganiga izoh berdi'ning rasmi

Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida Sergeli va Yangi hayot tumanlari mahalla faollari, sektor rahbarlari bilan yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Raxmonqulov xabar bermoqda. Uchrashuvda davlat rahbari er usti metrosi qurilishi haqida gapirdi.

"Biz 30 yil davomida metro qurishni unutib qo`ygandik. Yo`l quradigan mutaxassislarimiz boshqa joylarga ketib qolishdi. Bizda er osti bor edi. Lekin "er usti" degan ibora biz uchun yangilik", - dedi Prezident.

Shu erda Prezident Toshkentga nega tramvay qaytarilayotganiga izoh berdi.

"Samarqandga borganimizda Toshkentga tramvay qaytarilishini aytgan edik. Mana hozir butun dunyo "yashil iqtisodiyot"ga o`tyapti. Xavfsiz, ekologik toza transport ekani uchun ham tramvayni kaytarayotganimiz adolatdan deb o`ylayman. Men bugun dastlabki tramvay yo`llari loyihasini ko`rdim. Etti o`lchab bir kesib, marshrutlarni aniqlaymiz"- dedi davlat rahbari. 

Tashrif davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar