Samarqand shahar prokurori Dilmurod Sayidqulov boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan ayni paytgacha Samarqand shahri hokimi vazifasida faoliyat yuritgan Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahar prokurori vazifasiga tayinlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, kecha B.Oblaqulov o`z arizasiga binoan Samarqand shahar hokimi lavozimidan ozod etilgandi. Ayni paytda ushbu lavozimda Fazliddin Umarov faoliyat yuritmoqda.






