Samarqandda tovlamachilik yo`li bilan fuqarolardan pul talab qilgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB ga fuqaro Sh.D ariza bilan murojaat qilib, opasining tanishi bo`lgan, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 1995-yilda tug`ilgan B.Sh., ariza muallifi va uning opasini ojizligidan foydalanib, shuningdek, hozirda 1-guruh nogironi bo`lgan ukasini qo`rqitib, ulardan 300 ming Rossiya rublini tovlamachilik yo`li orqali talab qilganligini bildirgan.
Arizaga asosan, 2022 yil 13 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB, DXX, Prokuratura hamda viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbirda B.Sh. ariza muallifidan 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olayotgan vaqtida, daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan B.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






