Kecha yurtimizda koronavirusga chalinish holatlari 200dan pasaydi. Bu - 5 yanvardan buyon eng past ko`rsatkich, deya ma`lum qildi SSV Matbuot xizmati.
2022 yil 18 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 235063 (+191) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 19 nafari Samarqand viloyatida,
- 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 7 nafari Farg`ona viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 23 nafari Toshkent viloyatida,
- 84 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 37 nafar,
- Andijon viloyatida 19 nafar,
- Buxoro viloyatida 8 nafar,
- Jizzax viloyatida 18 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
- Navoiy viloyatida 5 nafar,
- Namangan viloyatida 14 nafar,
- Samarqand viloyatida 2 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 7 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 39 nafar,
- Farg`ona viloyatida 20 nafar,
- Xorazm viloyatida 7 nafar,
- Toshkent viloyatida 179 nafar,
Toshkent shahrida 1023 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 224458 (+1382) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1617 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 42 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.





