Sergeli tumanida aholidan kommunal xizmatlar uchun undirilgan mablag`ni o`zlashtirgan XUJMSh aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
O`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “S.Sh.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati mansabdor shaxslari aholidan uy-joy kommunal xizmati uchun yig`ib olingan 193 mln so`m naqd pullarni shirkatning bankdagi hisob raqamiga kirim qilmasdan, o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






