AsosiyJamiyat

Navoiyda eskalatordan tushib ketgan 3 yoshli bolaning ahvoli og`ir ekani xabar qilindi

'Navoiyda eskalatordan tushib ketgan 3 yoshli bolaning ahvoli og`ir ekani xabar qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 18 fevral kun Navoiy viloyatidagi savdo markazida 4- va 5- qavat oralig`ida eskalatordan bobo va uning qo`lidagi nabirasi tushib ketdi

Navoiy viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi reanimasiya bo`limi boshlig`ining «Gazeta.uz»ga ma`lum qilishicha, bola 3 yosh-u 4 oylik bo`lgan va hozirda u reanimasiya bo`limida. Unga og`ir qo`shma jarohat, xususan bosh miya yopiq jarohati, uning lat eyishi, chanoq suyaklarining o`ng tomonlama sinishi bilan tashhis qo`yilgan. Shuningdek, unda peshona sohasi teri osti gemotomasi hamda posttravmatik shokning og`ir darajasi qayd etilgan. Reanimasiya bo`limi boshlig`ining so`zlariga ko`ra, bolaning ahvoli og`ir, es-hushi karaxtlashgan, bugun, 19 fevral MRT va boshqa barcha tekshiruvlar o`tkazilgan. Standartlar bo`yicha barcha muolajalar olib borilayapti.

Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ketmoqda.

Eslatib o`tamiz, eskalatordan tushib ketgan bobo voqea joyida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar