Tojikistonda 2021 yilda AFg`oniston orqali kirib kelgan 4 tonna giyohvand modda musodara qilingan.
Bu haqda Tojikiston giyohvand moddalar nazorati agentligi direktori Xabibullo Vohidzoda ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
Uning so`zlariga ko`ra, bu ko`rsatkich 2020 yilga nisbatan 68.45 foizga ko`p. 2021 yilda Afg`onistonda jami 320 tonna geroin etishtirilgani qayd etildi.
Voxidzoda chegarani kuchaytirishni taklif qilgan. Bundan ko`zlangan maqsad faqat narkotiklar kontrabandasini to`xtatish emas, balki qurol kirib kelishining ham oldini olish.
Tojikiston yaqin vaqt ichida bu masalani donor davlatlari bilan muhokama qilmoqchi.
Ma`lumot o`rnida: "Tolibon" harakati hokimiyatni egallagandan keyin Afg`onistonda giyohvand moddalar etishtirishni butunlay yo`q qilishga va`da bergan. Ammo ekspertlar bunga ishonchsizlik bilan qaramoqda. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, toliblar daromadining katta qismi narkotiklar savdosidan keladi. BMT bu 400 million dollar atrofida ekanini ma`lum qilgan.






